Biz haqimizda
O'zbekiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi – bu mamlakatimiz bozorida faoliyat yuritayotgan milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar, butlovchi qismlar, import qiluvchilar, distribyutorlar va dilerlarning nodavlat, notijorat birlashmasi hisoblanadi. Biz O'zbekistonda avtomobilsozlik kelajagini birgalikda qurish uchun sohaning asosiy ishtirokchilarini birlashtirdik.
Bizning maqsadimiz – O'zbekistonni mintaqada avtomobilsozlik sanoatining yetakchi markaziga aylantirish. Biz muvaffaqiyatli biznes uchun sharoitlar yaratish ustida ishlaymiz, korxonalarni rivojlanishining barcha bosqichlarida qo'llab-quvvatlaymiz va ilg'or texnologiyalarni joriy etish uchun yangi imkoniyatlar ochamiz.
Biz soha kompaniyalari duch kelayotgan muammolarni tushunamiz va ularni hal qilish ustida ishlamoqdamiz. Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz kuchli, raqobatbardosh va innovatsion avtomobil sanoatini rivojlantirishga intilamiz. Biz har bir ishtirokchi o'sishi, rivojlanishi va muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo'lgan ekotizimni barpo etmoqchimiz.
Sanoat yetakchilarini birlashtiramiz
Assotsiatsiya tarkibi
Bugungi kunda Assotsiyatsiya avtomobilsozlik sohasidagi 50 dan ortiq korxonalarni, jumladan ADM Jizzakh yig'ish korxonasi, ADM Component, ADMC Dasan, ADM Electrics, Roodell, ADM-Aster va boshqa avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni birlashtiradi. Ishtirokchilarimizning har biri sohani rivojlantirish va mintaqaviy bozorda o'z mavqeini mustahkamlashga hissa qo'shmoqda.
Ta'sischilarning umumiy yig'ilishi Assotsiyatsiyaning boshqaruv organlari hisoblanadi, unga assotsiyatsiyani boshqarishning prinsipial vazifalari yuklangan. Ijro etuvchi organ vazifasi Assotsiyatsiya raisiga yuklatilgan. Taftish komissiyasi nazorat funksiyasini bajaradi.
Avtomobillar va avtomobil butlovchi buyumlari, ehtiyot qismlar ishlab chiqarish sohasida faoliyat yurituvchi yuridik shaxslar, konstruktorlik va ilmiy-tadqiqot, loyihalash tashkilotlari, avtomobillar va tegishli tovarlarning rasmiy distribyuterlari, dilerlari, import qiluvchilari, shuningdek kreditlash va sug'urtalash sohasidagi tashkilotlar Assotsiyatsiya a'zolari bo'lishi mumkin.
Assotsiyatsiyada ishtirok etish bepul. Assotsiyatsiya a'zolari Assotsiyatsiyani boshqarishda Assotsiyatsiya a'zolarining Konferensiyasi va maslahat organi vazifasini bajaruvchi Assotsiyatsiyaning Maslahat kengashi ishida qatnashish orqali ishtirok etadilar.
Assotsiyatsiyaning avtomobil ishlab chiqarish segmentidagi vazifalari
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligini oshirish asosida mamlakatimiz avtomobil sanoatini rivojlantirish va yuksaltirish;
Davlatning qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlarida avtomobil ishlab chiqaruvchilarning manfaatlarini ifodalash va himoya qilish;
Avtomobil texnikasi, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarish bo'yicha ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb etish, fan va texnika yutuqlaridan samarali foydalanish masalalarida Assotsiyatsiya a'zolarining faoliyatini muvofiqlashtirish;;
Tarmoq korxonalari o'rtasida, shuningdek boshqa tarmoqlar korxonalari va xorijiy sheriklar, shu jumladan MDHga a'zo mamlakatlar korxonalari bilan o'zaro manfaatli kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash bo'yicha yagona siyosat o'tkazish;
Assotsiyatsiyaning avtomobil komponentlari va ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni rivojlantirish segmentidagi vazifalari
Assotsiyatsiya a'zolari va hamkorlari uchun mavjud bo'lgan yetkazib beruvchilar loyihalarining dolzarb maqomlari bilan avtomobil komponentlari va ehtiyot qismlari yetkazib beruvchilarining axborot resursini yaratish;
Avtomobil butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchilar o'rtasida axborot almashish va aloqalarni mustahkamlash;
Avtomobil butlovchi qismlari va bazaviy materiallar ishlab chiqaruvchilarning investitsiyaviy va innovatsion faoliyatiga ko'maklashish;
Ishlab chiqarish jarayonlari va boshqaruv tizimlarini tahlil qilish, standartlashtirish, uyg'unlashtirish va boshqarish;
Biznes uchun qulay huquqiy muhit yaratishga ko'maklashish - tarmoq kompaniyalari va tashkilotlari faoliyatining asosiy jihatlarini tahlil qilish, qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash va O'zbekiston Respublikasi Hukumatiga takliflar sifatida kiritish;
O'zbekiston Respublikasi hukumat organlarida biznes vakillari manfaatlarini himoya qilish;
Assotsiyatsiyaning savdo segmentidagi vazifalari:
- rasmiy dilerlarning investitsiyalarini himoya qilish;
- davlat darajasida manfaatlarni ifodalash;
- avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik qilish;
- dilerlik biznesining samaradorligini oshirish maqsadida dilerlik jamiyati ichida tajriba va axborot almashish;
O'zbekiston avtomobil bozori tahlili:
- Yangi va foydalanishda bo'lgan avtomobillarning sotuv bozorini tahlil qilish;
- Bozor prognozi;
- O'zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish statistikasi;
- Import va eksport bo'yicha statistika;
- Tarmoq tadqiqotlarini o'tkazish;
Davlat organlari bilan ishlash:
- O'zABU a'zolari manfaatlarini himoya qilish
- O'zABU a'zolariga maslahatlar berish
- Qonunchilik bo'yicha qo'llab-quvvatlash
Ijtimoiy faoliyat:
- Jamoat tadbirlarini o'tkazish
- Axborot maydonchasini taqdim etish
- Axborot va yangiliklar bo'yicha yordam
- Matbuot anjumanlari va forumlar
- Biznes aloqalarini o'rnatish
- Ishchi guruhlar tuzish