- Bosh sahifa
- Yangiliklar
- ABA Uzbekistan va AKAB hamkorlik memorandumi imzoladi
ABA Uzbekistan va AKAB hamkorlik memorandumi imzoladi
08.09.2025

Oʻzbekiston Avtomobil Biznesi Uyushmasi (ABA Uzbekistan) va Qozogʻiston Avtomobil Biznesi Assotsiatsiyasi (AKAB) oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi.
Hujjat tajriba almashish, qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish hamda avtomobil biznesi sohasida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.

Memorandum imzolanishi ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yoʻlidagi muhim qadam boʻlib, avtomobil sanoati uchun yangi istiqbollarni ochadi.
Yangi loyihalar va hamkorlik tashabbuslari haqida yangiliklarni bizning kanalimizda kuzatib boring!